16:00 / 20.02.2025
29 233

Qashqadaryoda o'quvchi o'qituvchini urdi

Qashqadayoda o'quvchi o'qituvchini urdi


 


Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidagi maktabda o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.  Rasmiylar holatni o'rganib, tegishli jazo tayinlanganini ma'lum qildi.

Bolalar ombudsmanining bildirishicha, 8-fevral kuni 8-sinf o‘quvchilari B.N. va E.S. ingliz tili fani darsi vaqtida o‘zaro tortishib turli so‘zlar bilan bir-birini haqorat qilgan. O‘qituvchi E.F. o‘quvchiga darsdan chiqib ketishini aytgan, biroq o‘quvchi o‘qituvchining talabiga bo‘ysunmasdan unga nisbatan noo‘rin so‘zlar ishlatgan.

Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli tartibda o‘rganish olib borildi hamda pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.

Maktab tartib-qoidalarini buzgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ushbu moddada BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (375 ming so‘mdan 1 million 875 ming so‘mgacha) miqdorda jarima belgilangan.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham Chiroqchi tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuz bergan holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarining o‘z xizmat vazifalariga aralashish hamda ularni obrosizlantirish holatlariga qarshi kurashish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, farzand tarbiyasida ota-onalarning ham yetarli majburiyatlari borligini va salbiy holatlarni keltirib chiqarganlik uchun qonunchilikda jazo chorasi borligini maʼlum qilamiz”, deyiladi munosabatda.



Chiroqchi, o'quvchi o'qituvchini urdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing