11:00 / 19.02.2025
31 200

Buxoroda gaz narxini oshirgan zapravkalarga chora ko`rildi UzNur.uz

Buxoroda gaz narxini oshirgan zapravkalarga chora ko`rildi

 

Ushbu inshootlarda 2024 yilning 7-9 dekabr kunlari 1 m³ gaz uchun chakana narx 4 150 so`mgacha, ya’ni 8 foizgacha oshgani qayd etilgan. 

Raqobat qo`mitasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan monitoringlar o`tkazilgan.
Jarayon davomida avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalarida 2024 yilning 6 dekabriga qadar 1 m³ siqilgan gaz uchun chakana narx 3 850 so`mdan 3 950 so`mgachani tashkil etgan bo`lsa-da, 2024 yilning 7-9 dekabr kunlari 1 m³ gaz uchun chakana narx 4 150 so`mgacha ya’ni 8 foizgacha oshgani qayd etildi.

Olib borilgan o`rganishlar davomida Buxoro viloyatidagi 47 ta avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchalarida faoliyat yuritayotgan 44 ta xo`jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan narxni sun’iy tarzda oshirgan.

Ish natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo`llash haqida qarorlar qabul qilindi.


Buxoro, zapravkalar, narxi oshirilgan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing