Farg‘onada barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish shohobchalari o‘rganib chiqiladi
Farg‘onada barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish shohobchalari o‘rganib chiqiladi.
Viloyat hududida faoliyat ko‘rsatadigan barcha turdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shohobchalarining belgilangan norma va me'yorlarga muvofiqligi holati o‘rganib chiqiladi. Bu haqida viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Baxtsiz va noxush hodisalarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarning mas'ul tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi.
Shuningdek, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan, tashkiliy huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish, siqilgan va suyultirilgan gaz to‘ldirish shohobchalarida ishlovchi ishchi-xodimlarni viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qoshidagi o‘quv markazida dastur asosida shartli ravishda o‘qitilishi ta'minlanadi.
barcha, avtomobillarga, yoqilg‘i, quyish, viloyat, o‘rganib, chiqiladi, hududida, faoliyat, tegishli, Farg‘onada, shohobchalari, Viloyat, ko‘rsatadigan, turdagi, shohobchalarining, belgilangan, norma, me'yorlarga




