18:44 / 07.02.2025
50 534

Toshkent viloyatidagi kanaldan ayol kishining jasadi topildi UzNur.uz

                                     Toshkent viloyatidagi kanaldan ayol kishining jasadi topildi

Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov UzNews'gaga ma’lumot berdi.





Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov UzNews'gaga ma’lumot berdi.

Joriy yilning 1 fevral kuni Toshkentda 41 yoshli ayol qaytib kelmagani, oradan 5 kun o`tib Toshkent viloyatidagi kanaldan uning jasadi topilgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. UzNews.uz so`roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Joriy yilning 6 fevral kuni soat 16:00 atrofida Toshkent viloyati Zangiota tumani Navro`z ko`chasidan o`tayotgan "Salar" kanalidan shaxsi noma’lum murda topilgan. Tezkor surishtiruv davomida ushbu murda D.A. ekanligi aniqlangan.
O`lim sababini aniqlash maqsadida sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tekshirish xarakatlari olib borilmokda.


Toshkent, ayol, jasad
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing