09:23 / 22.08.2025
2 242
Andijon viloyatining ikki tumani ovoz berishdan chetlatildi
Andijon viloyatining Ulug‘nor va Oltinko‘l tumanlari “Tashabbusli budjet”ning ovoz berish bosqichidan chetlatildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, fuqarolardan ko‘plab shikoyatlar kelib tushgani sababli ushbu qaror qabul qilingan.
🔹 Ulug‘nor tumanida 73 ta loyihadan faqat 13 tasi,
🔹 Oltinko‘l tumanida 116 ta loyihadan 22 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan.
Sabab sifatida — mahalliy komissiyalar loyihalarni qonunchilikda belgilangan me’zonlarga asosan qayta ko‘rib chiqmaganligi ko‘rsatildi.
Shu bois, mazkur ikki tumanda 2-mavsum uchun ovoz berish butunlay bekor qilindi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilgi 2-mavsum doirasida 22 mingdan ortiq loyiha taqdim etilib, ulardan 18 656 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi

O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi

Prezident 2024-yil uchun davlat budjetini tasdiqladi