12:34 / 04.08.2025
3 092

Toshkentda qorovul direktorni bolta bilan qo‘rqitib, ish haqini oshirishni talab qildi

 


 Toshkent shahri, Yashnobod tumanida qo‘riqlanadigan ob’ekt direktoriga bolta bilan tahdid qilgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti ma’lum qildi.


 30-iyul, soat 17:32 da Qo‘riqlash boshqarmasiga ushbu ob’ektdan xavotirli xabar kelib tushgan.


Aniqlanishicha, qorovul bo‘lib ishlagan fuqaro M.M. ish haqini oshirishni talab qilib, mojaro vaqtida direktorni bolta bilan qo‘rqitgan.


 Suhbat davomida M.M.ning sumkasidan bolta va pichoq topilib, olib qo‘yilgan.


Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, daliliy ashyolar bilan sud organlariga yuborildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing