10:52 / 04.08.2025
3 218

Qo‘qonlik yigit 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

 


Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgani uchun qamaldi.


 2021-yilda u Telegramda kanal ochib, unda aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni tarqata boshlagan. Tergovga ko‘ra:

– Kanalda 9 nafar obunachi bo‘lgan

– Instagram orqali Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” a’zolari bilan bog‘langan

– Yaqinlaridan “jamoat” shakllantirib, ularni Suriyaga “hijrat qilish”ga da’vat qilgan


 DXX va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uni o‘z vaqtida aniqlab, noqonuniy faoliyatga barham berdi.


Sud hukmi:

Furqat tuman sudi tomonidan u Jinoyat kodeksining:

– 244¹-moddasi 3-qism “g” bandi,

– 244²-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.


 Bunday holatlar diniy ekstremizm va ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlarning hanuz dolzarb ekanini ko‘rsatmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing