Buxoro cho‘lida yashirin oltin koniga yer osti yo‘li qurgan 28 kishi ushlandi
Buxoro viloyatida noqonuniy tarzda oltin zarralari bor tuproqni qazib olish, o‘g‘irlash va yashirin sexlarda qayta ishlash holatlari keskin ortmoqda.
So‘nggi holatda:
– Ikkita jinoyatchilar guruhi o‘zaro til biriktirib, cho‘lning olis va xavfli hududida yer ostidan shaxta qazib, “Tilla yo‘l” deb nomlangan maxfiy yo‘l orqali oltinli qum qoplarini tashib kelgan.
“Tilla yo‘l” — minglab qum to‘la qoplardan iborat bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri oltin yig‘iladigan joyga olib boruvchi yashirin yo‘l sifatida ishlatilgan.
Tezkor tadbir davomida:
– Shaxtalarda ishlayotgan 28 nafar shaxs va qo‘riqchilar qo‘lga olindi
– Jinoyatga oid ashyoviy dalillar musodara qilindi
Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, ekspertiza tayinlangan, natijalarga ko‘ra aybdorlarga nisbatan qat’iy huquqiy choralar ko‘riladi.




