09:46 / 16.04.2025
21 385

“Qamchiq”da fura yonib ketdi

  “Qamchiq” dovonida DAF rusumli yuk mashinasi butunlay yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

image


Ma’lum qilinishicha, kecha, 15 aprel kuni soat 22:41 da “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga dovondan o‘tgan A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan DAF rusumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga soat 22:50 da “Qamchiq” maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasidan 2 ta ekipaj yetib borgan. Soat 22:53 da yong‘in qurshab olingan va 23:13 da to‘liq bartaraf etilgan.

Bildirilishicha, yong‘inning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

 “Qamchiq” dovonida avtomobillarning ikki tomonlama harakati davom etmoqda.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing