Yerni ko`p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig`ini to`lashdan ozod qilinadi UzNur.uz
Yerni ko`p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig`ini to`lashdan ozod qilinadi
Farmonga muvofiq, 2025 yil 1 maydan “Yangi O`zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o`rnatiladi:
➖ yer uchastkalarini ko`p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo`yicha auksion savdolarida qatnashish, ko`p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizasiya qilishga faqat QQSni to`lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;
➖ yer uchastkalarini ko`p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo`yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko`rsatiladi;
➖ auksion savdolarida yer uchastkasini ko`p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo`yicha er solig`ini to`lashdan ozod qilinadi;
2025 yil 1 martdan “Yangi O`zbekiston” massivlarida ko`p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag`larini to`ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko`pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
ko'p qavatli uy qurayotganlar, yuridik shaxslar, soliqlardan ozod




