13:00 / 16.05.2025
483

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

 


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 14-maydan 18-mayga qadar bo‘lgan davrda ochiq havoda ishlaydigan fermerlar, bog‘dorlar va dehqonlarga murojaat bilan chiqdi. Murojaatda aytilishicha, ushbu kunlarda yuqori harorat va kuchli quyosh ta’siri tufayli kunduzgi soat 10:00 dan 16:00 gacha dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish tavsiya etilmoqda.


Vazirlikning ta’kidlashicha, bu chora odamlarni issiq o‘tishi, quyosh urishidan himoya qilish hamda mehnat sharoitini xavfsizlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.


Qishloq xo‘jaligi xodimlaridan belgilangan vaqt oralig‘ida ishlarni kechiktirmasdan ertalab yoki kechqurungi soatlarga ko‘chirish so‘raldi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing