11:12 / 07.04.2025
36 176

Bitcoin narxi qariyb $77 minggacha pasaydi

2025-yilning 7-aprelida savdo boshlanishida Bitcoin narxi qariyb $77 minggacha pastladi.  Ciondesk ma’lumotlariga ko‘ra, barcha kriptovalyutalar narxida pasayish kuzatilmoqda.


Boshqa yirik kriptovalyutalarda ham sezilarli pasayish kuzatildi. Ethereum 12,15%, Ripple 10,54%, Cardano 11,20%, Solana 11,66% gacha pasaydi. Kriptovalyuta bozorining umumiy kapitallashuvi bir hafta ichida taxminan $500 mlrdga kamaygan.


“Kriptovalyuta narxlari AQSH fond bozoridagi pasayish ortidan qulamoqda, bunga Tramp tomonidan joriy etilgan bojlar va investorlar global inqirozdan xavotir olayotgani sabab bo‘lgan”, – deb yozadi soha nashri Coindesk.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing