16:59 / 24.02.2025
22 425

Rim Papasining ahvoli og`irligicha qolmoqda UzNur.uz

Rim Papasining ahvoli og`irligicha qolmoqda


 


Rentgen va laboratoriya tekshiruvlaridan so`ng unda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan. Bir kun avval nafas olish xurujini boshdan kechirgan Rim papasi Fransiskning tahlillari buyrak etishmovchiligini aniqladi, uning ahvoli murakkabligicha qolmoqda, deb xabar bermoqda TASS.
"Rim papasining ahvoli og`irligicha qolmoqda, biroq kecha oqshomdan beri unda nafas olish xurujlari kuzatilmadi," - deyiladi xabarda.
Vatikanda qo`shimcha qilinishicha, "ba’zi qon tahlillari hozirda nazorat ostida bo`lgan dastlabki, engil buyrak etishmovchiligini ko`rsatmoqda."
Yanvar oyida Rim papasi bronxit bilan kasallangan edi. U 14 fevral kuni kasallik surunkali tus olgani sababli Rimdagi Agostino Jemelli klinikasiga yuborilgan. Rentgen va laboratoriya tekshiruvlaridan so`ng unda ikki tomonlama pnevmoniya ham aniqlangan. Hozirda Rim papasi Fransisk 88 yoshda


Rim papasi, ahvoli, buyrak yetishmovchiligi, tahlillari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing