O‘zbekiston fuqarolari uchun Xorvatiyaga mehnat vizalarini olish tartini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

TIV, IIV va Migratsiya agentligi vakillari delegatsiyasining Xorvatiyaga tashrifi doirasida Xorvatiya TIV shtat kotibi Frano Matushich, Demografiya va migratsiya vazirligi shtat kotibi Jelka Yoshich va Mehnat, pensiya, oila va ijtimoiy siyosat vazirligi davlat kotibi Ivan Vidish, shuningdek, kompaniyalar rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalasini ko‘rib chiqdi. Xorvatiya tomoni o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni jalb etishdan manfaatdor ekanligi, mehnat migrantlari uchun ta’lim kurslari, jumladan, xorvat va xorijiy tillarni o‘qitishni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekistonliklar uchun mehnat vizalarini olish tartib-taomillarini soddalashtirishga kelishildi. Shu bilan birga, Migratsiya va mobillik masalalari bo‘yicha hukumatlararo bitim birgalikda ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, ikki mamlakatning tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida birinchi konsullik maslahatlashuvlarini o‘tkazishdan manfaatdorlik bildirildi.


migratsiya, xorijda ish, xorvatiya, migratsiya agentligi

Rekruting kompaniyalari vakillari bilan kechgan uchrashuvlarda Xorvatiyada O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish va ishlayotgan fuqarolar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Yanvar oyida Latviya o‘zbekistonlik ishchilar uchun kvota belgilashni bekor qildi. “Kreiss” logistika kompaniyasi bilan joriy yilda 400 nafar haydovchini ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Buyuk Britaniyaning rekruting operatorlari bilan esa mavsumiy ishlarga kvotalar sonini oshirishga, nomzodlarni topish va imtihonlarni shaffof tashkil etishga kelishildi.