12:48 / 12.02.2025
42 932

Haj ziyoratiga bolalarni olib borish taʼqiqlanadi — Saudiya Arabistoni


Saudiya Arabistoni 2025-yilda haj ziyorati uchun tashrif buyuradigan sayyohlarga yosh bolalarni olib kelishni taqiqladi. Bu haqida “NDTV World” nashri xabar berdi.

Haj va Umra vazirligining maʼlum qilishicha, mazkur qaror bolalarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

“Har yili ziyorat joylarida tashrif buyuruvchilar sonining keskin koʻpayib ketishi oqibatida jiddiy tiqilinchlar yuzaga keladi. Bunday holatlar bolalar salomatligiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarda.

Maʼlumot uchun, Saudiya Arabistoni yillik haj ziyoratini qattiq nazorat qilib, har bir davlatga cheklangan kvotalar ajratadi. Sababi ruxsatsiz tashrif buyuruvchilar oqimining koʻpayib ketishi ziyoratchilarning hayotini xavf ostiga qoʻyadi.

2025-yilgi Haj mavsumi oyning koʻrinishiga qarab 4-6-iyun kunlari boʻlib oʻtishi kutilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing