Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari qochib ketdi
Manbalarga ko’ra, Tolibon hukumatida tashqi ishlar vaziri o’rinbosari lavozimini egallab kelgan Sher Muhammad Abbos Stanikzay Afg’onistondan qochib ketgan.
Qayd etilishicha, Stanikzay boshpana sifatida Birlashgan Arab Amirliklarini tanlagan va hozir Dubayda joylashib oldi.
“Tolibon amiri Haybatulloh uni Qobulda hibsga olishga buyurgan, ammo Stanikzay bundan xabar topib, mamlakatni tark etishni afzal ko’rgan va Dubaydan boshpana topgan”,- deydi manba
Sher Muhammad Abbos Stanikzay Tolibon elitasidagi ziddiyatli shaxslardan biri sifatida tanilgan. Uning rahbariyatning qat’iy choralari, jumladan, ayollar huquqlarini cheklash bo’yicha qarorlariga bildirgan tanqidlari uni toliblar ichida “muxolifatchi”ga aylantirgan. Ushbu hodisa Tolibon rahbariyatidagi ichki ziddiyatlar ortib borayotganini tasdiqlaydi va bu Afg’onistondagi siyosiy barqarorlikka ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Tolibon, Stanikzay, boshpana, tashqi ishlar vaziri o'rinbosari, Afg'oniston




