09:27 / 16.01.2025
88 374

Isroil va HAMAS Gʻazoda o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha keng ko‘lamli kelishuvga erishdi

 

 Isroil va HAMAS Gʻazoda o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha keng ko‘lamli kelishuvga erishdi.

Shartnoma haqida nimalar ma’lum:

-U 19 yanvardan kuchga kiradi va uch bosqichni o‘z ichiga oladi

-Birinchi bosqich 42 kun davom etadi. Unda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini olib chiqib ketish talab qilinadi.

-Birinchi bosqichda garovdagi 33 nafar isroillik ozod qilinadi. Umumiy hisobda, HAMAS kamida 60 nafar isroillikni asirda saqlamoqda

-"Reuters" ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil asirdagi har bir Isroil fuqarosi uchun 30 nafar falastinlik va SAXAL askari uchun 50 nafar falastinlik asirni qaytaradi.

-Misr, Qatar va AQSH kelishuvning har uch bosqichida kafillik qiladi.

-HAMASning Gʻazodagi yetakchisi Xalil al-Heyya anklav aholisini sulh bilan tabrikladi, biroq Isroil bilan qarama-qarshilik davom etishini aytdi.

 

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing