Turkiyada ayollarni fohishalikka majburlagan shaxs ushlandi
Turkiyada ayollarni fohishalikka majburlagan shaxs ushlandi.
Qo’lga olingan shaxs o’zbekistonlik ayollardan hujjatlarini olib, ular fohishalik bilan shug’ullanishga majbur qilgan.
O’zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda boʻlgan 1990 yilda tugʻilgan S.Oʻ. Toshkent shahriga deportatsiya qilindi, deya xabar bermoqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Matbuot xizmati.
Mazkur fuqaro oʻzbekistonlik fuqaroni chet elda qonunga xilof ravishda ularning hujjatlarini olib qoʻygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish soʻraladi.
ishlar, Ichki, vazirligi, shaxs, hujjatlarini, Oʻzbekiston, Oʻzbekistonning, Istanbul, shahridagi, Turkiyada, ayollarni, fohishalikka, majburlagan, ushlandi, Qo’lga, olingan, o’zbekistonlik, ayollardan, fohishalik




