15:06 / 26.12.2024
123 389

Rossiya migrantlarga bir qancha cheklovlar qo’ymoqda

 

Rossiya migrantlarga bir qancha cheklovlar qo’ymoqda.

Rossiyada mehnat migrantlariga cheklovlar oʻrnatish, diskriminatsiya qilish asosiy masalaga aylangan ayni kunlarda migrantlarni faqat bitta ish beruvchida ishlashga majbur qilishmoqchi. 

«Izvestiya»ga koʻra, «Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy holati toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartirish kiritish taklif qilinmoqda.

Ushbu oʻzgartirishlar 2025 yilning ikkinchi choragida qurilish sohasida ishlay boshlaydi. Bu borada RF Qurilish vazirligi migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirishga yordam beradi.

Yangi oʻzgartirishlarga koʻra, mehnat migrantlari bitta ish beruvchida ishlashi kerak boʻladi. Uning patentida hozirgidek xodimning ixtisosligi emas, balki u ishlaydigan kompaniya koʻrsatiladi.

Bundan Rossiyada qurilishda ishlashga kelganlarning kurʼer yoki taksi haydovchisi boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik koʻzlangan.


cheklovlar, Rossiyada, mehnat, bitta, beruvchida, ishlashga, koʻra, Rossiya, migrantlarga, qancha, qo’ymoqda, migrantlariga, oʻrnatish, diskriminatsiya, qilish, asosiy, masalaga, aylangan, kunlarda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing