15:17 / 18.12.2024
137 694

Ilk bor urib turgan yurak transplantatsiyasi o‘tkazildi

 

Ilk bor urib turgan yurak transplantatsiyasi o‘tkazildi.

Italiyaning Padua shahrida kardiolog jarrohlar dunyoda ilk bor ishlayotgan yurakni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Qayd etilishicha, mazkur amaliyot yurakning donor bilan bog‘liq jarohatlarini oldini olish va uning ishlash samaradorligini oshirishda muhim yutuq sifatida qayd etilgan. Ushbu noyob operatsiya 65 yoshli bemorda ikki hafta oldin o‘tkazilgan bo‘lib, hozirda uning sog‘lig‘i yaxshi va shifoxonadan chiqishga tayyorlanmoqda. Operatsiyaga rahbarlik qilgan doktor Jino Jeroza odatiy transplantatsiyalardan farqli ravishda bu holatda yurakning urishda davom etgani va butun transplantatsiya jarayoni davomida faol bo‘lib qolganini ta’kidlagan.

Mazkur yutuq yurak transplantatsiyasi jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi va ushbu texnologiya kelgusida transplantatsiya sohasida muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.




Ilk bor urib turgan yurak transplantatsiyasi o‘tkazildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing