Messi faoliyatidagi yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi.
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Landon Donovan MLS mavsumining “Eng yaxshi futbolchisi” sovrinini oldi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar bermoqda. 1996 yildan beri MLS Donovan mukofoti o'yinchilar, klub xodimlari va jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada mavsumning eng qimmat futbolchisi deb topilgan futbolchiga topshiriladi. Messi o'yinchi ovozida 40,83%, OAVda 43,20% va klub ovozida 31,25% to'pladi. Lionelning umumiy ko'rsatkichi 38,43% ovoz. Ikkinchi o'rinda Columbus Crew vakili Kucho Ernandes (33,7%) joy oldi. Lionel Messi joriy mavsum MLSda 20 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Inter Mayami" muntazam mavsumda g'alaba qozondi, ammo pley-offning birinchi bosqichidayoq mag’lubiyatga uchradi.
Messi, sovrin, 2024, 2024 yil, xabarlar, uznur, uznuruz




