08:21 / 02.09.2025
34 818

Afg‘onistondagi zilzila: qurbonlar soni 600 dan oshdi

 


Yakshanba kechasi Afg‘oniston sharqida sodir bo‘lgan 6 magnitudali zilzila oqibatida 622 kishi halok bo‘ldi, 1,500 dan ortiq odam jarohat oldi. Qurbonlarning ko‘pi Kunar viloyatida, shuningdek Nangarhor va Laghman hududlarida ham talafotlar qayd etilgan.


Zilzila epitsentri Jaloloboddan 27 km, poytaxt Qobuldan 140 km uzoqlikda joylashgan. Vayron bo‘lgan uylar ostida qolganlar ko‘pligi sabab halok bo‘lganlar soni ortishi mumkin.


Tog‘li hududlarda ko‘chkilar yo‘llarni to‘sib qo‘ygani qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda. Ayrim joylarda odamlar vertolyotlar orqali evakuatsiya qilinmoqda. Asadobod shifoxonasi rahbari Muladad doktorning aytishicha, “har 5 daqiqada bir yarador olib kelinmoqda”, shifoxona esa to‘lib ketgani sabab ko‘plab bemorlar yerda yotishga majbur bo‘lmoqda. Shuningdek, Nangarhor shifoxonasiga ham 250 ga yaqin jarohatlangan olib borilgan.


Mutaxassislar zilzila tunda sodir bo‘lgani va uylarning loy-toshdan qurilgani bois bu voqeani so‘nggi yillardagi eng yirik tabiiy ofatlardan biri sifatida qayd etmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing