10:25 / 31.07.2025
3 947
Rossiya 2025-yilda kamida 902 nafar o‘zbekistonlikni urushga noqonuniy jalb qilgani aytilmoqda
“Mediazona” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya 2025-yilning birinchi yarmida kamida 902 nafar O‘zbekiston fuqarosini Ukraina bilan urushga noqonuniy ravishda jalb qilgan.
Tergov materiallari va sud qarorlariga tayanib taqdim etilgan hisobotga ko‘ra:
- Jalb qilingan o‘zbekistonliklar asosan ma’muriy jazolardan yoki deportatsiyadan qochish evaziga armiyaga yozilgan.
- Ayrimlar esa Rossiyadagi jinoyat koloniyalaridan yoki vaqtinchalik saqlash markazlaridan frontga yuborilgan.
Bu holat O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra jinoyat hisoblanadi — O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi harbiy mojaralarda qatnashishi taqiqlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy

Tuman, shahar sudlarida tergov sudyalari lavozimi joriy etiladi

Rossiya-Ukraina urushida 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni