Rossiya-Ukraina urushida 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
BBC rus xizmati va “Mediazona” nashrining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonida jang qilib halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 66 nafarga yetdi.
Umumiy statistikalar:
– Urushda halok bo‘lganlar orasida 28 ta mamlakat fuqarolari bor.
– Rossiya armiyasi safida 118 139 nafar harbiyning shaxsi aniqlangan.
Rossiya tomonida halok bo‘lgan chet elliklar soni bo‘yicha TOP-5 davlat:
- 🇹🇯 Tojikiston — 72 nafar
- 🇳🇵 Nepal — 70 nafar
- 🇺🇿 O‘zbekiston — 66 nafar
- 🇬🇪 Gruziya (Abxaziya va Janubiy Osetiya qo‘shilgan) — 63 nafar
- 🇺🇦 Ukraina fuqarolari — 54 nafar
“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi orqali:
– O‘zbekistondan 46 kishi, Tojikistondan esa 43 kishi qamoqdan ozod bo‘lish evaziga “Vagner” bilan shartnoma tuzib, urushga yuborilgan.
– Ularning aksariyati halok bo‘lgan.
Qo‘shni davlatlardan:
– 🇰🇬 Qirg‘iziston – 34 nafar
– 🇰🇿 Qozog‘iston – 24 nafar
– 🇹🇲 Turkmaniston – 8 nafar
Mutaxassislar xorijiy urushlarda ishtirok etish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi va inson huquqlari jihatidan katta muammo ekanini ta’kidlashmoqda.




