Ilon Mask AQShda yangi siyosiy tashabbus – “Amerika” partiyasini e’lon qildi
4-iyul, AQSh Mustaqillik kuni kuni, taniqli tadbirkor Ilon Mask ijtimoiy tarmoq X’da o‘tkazgan so‘rovnomadan so‘ng, yangi siyosiy tashabbus — “Amerika” partiyasi tashkil etilganini ma’lum qildi.
So‘rovda ishtirok etgan foydalanuvchilarning:
– 65,4 foizi Maskning ikki partiyali tizimdan mustaqil harakat qilish haqidagi fikrini qo‘llab-quvvatladi;
– 34,6 foizi esa bunga qarshi bo‘ldi.
Mask o‘z bayonotida:
“Yangi tashabbus orqali mamlakatdagi siyosiy muvozanat va fuqarolarning ovozi mustahkamlanishiga hissa qo‘shmoqchimiz”, – deya ta’kidladi.
Tashabbusning asosiy yo‘nalishlari:
– Davlat xarajatlarining samaradorligini oshirish
– Siyosiy tizimda shaffoflik va erkinlikni mustahkamlash
Ilon Mask bunday g‘oyalarni ilgari ham ilgari surgan edi. Unga ko‘ra, agar “Buyuk go‘zal qonun” (The Big Beautiful Bill) Kongress tomonidan qabul qilinsa, siyosiy harakat boshlanishi mumkin edi.
Mazkur qonun 3-iyulda qabul qilindi, 4-iyul kuni esa prezident tomonidan imzolandi.
“Amerika” partiyasi hozircha saylovlarda ishtirok etmagan, biroq bu tashabbus Maskning siyosatga nisbatan qiziqishi ortayotganidan dalolat beradi.




