09:32 / 30.06.2025
56 006
Qozog‘istonda qidiruvda bo‘lgan 22 yoshli yigit Toshkentda qo‘lga olindi
Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining rasmiy sayti — Politsia.kz xabar berdi.
Tafsilotlar:
- Qozog‘istonning Jambil viloyati politsiya boshqarmasi topshirig‘i asosida, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Toshkentda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
- Unda Taraz shahrida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan yigit ushlangan.
- Aniqlanishicha, u 2022-yil oxirida tanishining ishonchiga kirib, jami 24 million tenge (taxminan 612 million so‘m) qiymatga ega 4 ta avtomobilni o‘zlashtirgan va ularni uchinchi shaxslarga sotgan.
- Olmaota shahrida ham ikki nafar shaxs qo‘lga olingan. Ular Turkiston viloyatining Arys tumanida bir fuqaroga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, 3,4 million tenge (taxminan 86,7 million so‘m) pul va bir avtomobilni tortib olganlikda gumon qilinmoqda.
Statistika:
- Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil may oyida 140 dan ortiq jinoyat sodir etib yashirinayotgan shaxslar aniqlangan.
- Shundan 8 nafari xorijiy davlatlarda qo‘lga olingan.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi vakillari:
“Jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Vaziyat nazoratda.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi

Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi UzNur.uz

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar

Chirchiq shahridagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi