13:46 / 26.06.2025
62 447

Davlat tilini bilmagan amaldorlar jarimaga tortiladi


 


Qirg‘iziston parlamenti — Jogorku Kenesh davlat tilidan foydalanish tartibini kuchaytirishga qaratilgan yangi qonun o‘zgartishlarini ma’qulladi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar berdi.

Yangi talablarga ko‘ra:


  • Deputatlar, sudyalar, vazirlar, prokurorlar, tergovchilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qirg‘iz tilini bilishi majburiy bo‘ladi.
  • Advokatlar va notariuslar esa litsenziya olish uchun tilni yetarli darajada bilishlari shart.
  • Davlat tilidagi tele va radioefir hajmi kamida 60 foizni tashkil etishi lozim.
  • Qirg‘iz tilini bilmaslik ayrim fuqarolarga yashash huquqini olish yoki immigrant maqomini qo‘lga kiritish imkoniyatini cheklashi mumkin.



Yangi qonun asosida davlat tiliga oid talablarni buzganlar uchun quyidagi miqdorlarda jarima belgilanmoqda:


  • Jismoniy shaxslar uchun – 5 ming qirg‘iz somi
  • Yuridik shaxslar (tashkilotlar) uchun – 17 ming qirg‘iz somi







Davlat tili qo‘llanilishi ustidan Milliy komissiya doimiy nazorat olib boradi. Bu komissiya davlat siyosati doirasida til masalalarini muvofiqlashtiruvchi asosiy organ sifatida faoliyat yuritadi.



Mazkur qonun o‘zgarishlari Qirg‘izistonda davlat tilining maqomini mustahkamlash, uning hayotning barcha jabhalarida to‘laqonli qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, rasmiy lavozimlarda faoliyat yuritayotgan shaxslarning davlat tilini bilishini qonuniy asosda talab qilish orqali milliy birlik va til siyosatini kuchaytirishga xizmat qiladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing