Avstraliyada qo‘ziqorinli ovqat fojiasi: Ayolga qo‘yilgan ba’zi ayblovlar bekor qilindi
Avstraliyada uch nafar qarindoshining o‘limi va yana bir kishining og‘ir zaharlanishiga sabab bo‘lgan qo‘ziqorinli ovqat mojarosi bo‘yicha sudlanayotgan ayolga qo‘yilgan ayrim ayblovlar olib tashlandi.ErinPatterson endilikda turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishga uringanlikda ayblanmaydi — bu ayblovlar prokuratura tomonidan rasman bekor qilindi.
Ammo u hanuzgacha to‘rtta asosiy ayblov bo‘yicha javobgar: uchtasi qotillik, bittasi esa qasddan o‘ldirishga urinish. 50 yoshli Patterson o‘zini aybsiz deb hisoblaydi va barcha ayblovlarni rad etganSud jarayoni Viktoriya shtatidagi Oliy sudda chorshanba kuni boshlanadi. Hay’at a’zolari tanlab olingan bo‘lib, sudya ularga ko‘rsatmalar bermoqda. Dastlabki bayonotlar shu kuni tinglanadi.
2023-yil iyul oyida Leongatha shahrida bo‘lib o‘tgan tushlikdan so‘ng uch kishi — sobiq qaynota-qaynonasi Don va GailPatterson (70 yoshda) hamda Gailning opasi HeatherWilkinson (66 yoshda) shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Heatherning eri, 68 yoshlibaptistruhoniysiIanWilkinson esa og‘ir davolanishdan so‘ng tirik qolgan.
Sudya Kristofer Bil hay’at a’zolariga ilgari mavjud bo‘lgan, ammo endilikda bekor qilingan Pattersonning eri bilan bog‘liq ayblovlar haqida unutishlarini qat’iy tayinladi.
“Ya’ni, bu masalani butunlay esdan chiqaring,” — dedi u.Shuningdek, u hay’atni dalillarni xolis va hissiyotsiz baholashga, qaror qabul qilishda faqat aql bilan harakat qilishga chaqirdi.
Sud jarayoni Morwell shahridagi kichik sud binosida, hodisa yuz bergan Leongathadan 60 km uzoqlikda o‘tkazilmoqda.
Negmurotova Nilufar




