13:54 / 07.07.2025
45 711

 O‘zbekiston BRICS’ning hamkor davlati sifatida e’tirof etildi

 


6-iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan BRICS sammitida O‘zbekiston rasman hamkor davlat sifatida tan olindi.


Sammit yakunidagi qo‘shma bayonotda O‘zbekiston bilan birga yana 9 davlat BRICS’ning yangi hamkorlari sifatida e’lon qilindi:

– Belarus

– Boliviya

– Qozog‘iston

– Kuba

– Nigeriya

– Malayziya

– Tailand

– Vyetnam

– Uganda


Indoneziya esa BRICS’ga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi.


 Ushbu qaror BRICS’ning global miqyosda siyosiy va iqtisodiy hamkorlik doirasini kengaytirishga qaratilgan yangi bosqichi sifatida baholanmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing