11:30 / 26.02.2025
447 355
Toshkentdagi sotuv ofislaridan birida yongʻin yuz berdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi sotuv ofislaridan biri yonib ketdi. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 26-fevral kuni soat 02:18 da Chilonzor tumani “Tirsakobod” MFY hududida joylashgan, qurilish olib borilayotgan binoda sodir boʻlgan.
Shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 02:21 da voqea joyiga yetib borib, yongʻinni soat 02:46 da qurshab olgan va 02:54 da toʻliq oʻchirgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq, hozirda yongʻin sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qashqadaryodagi “zapravka”da mashina yonib ketdi
Hazoraspdagi kiyim-kechak doʻkonlarida yongʻin sodir boʻldi
Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi
Toshkentda yana avtobus yonib ketdi
Bektemirdagi xonadonlarning birida yongʻin chiqdi