Taʼmirlash va gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish ishlari sababli 20-fevral kuni Respublika boʻylab jami 53,7 ming aholi gaz taʼminotidan vaqtincha uziladi, deb xabar bermoqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati.
Unga koʻra, Toshkent shaharning Mirzo Ulug`bek tumanida 10:00 dan 18:00 gacha 484 ta aholi va 6 ta ulgurji isteʼmolchi;
Toshkent viloyatining O`rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarida 13:00 dan 17:00 gacha, Zangiota va Toshkent tumanlarida 09:00 dan 17:00 gacha 4625 ta aholi va 82 ta ulgurji isteʼmolchi;
Sirdaryo viloyatining Guliston shahri, Boyovut va Guliston tumanlarida 10:00 dan 18:00 gacha 16933 ta aholi va 209 ta ulgurji isteʼmolchi;
Buxoro viloyatining Jondor tumani da 13:00 dan 17:00 gacha 580 ta aholi isteʼmolchi;
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Qarshi tumanida 10:00 dan 17:00 gacha 7020 ta aholi va 22 ta ulgurji isteʼmolchi;
Surxondaryo viloyatining Termiz va Sherobod tumanlarida 08:30 dan 17:00 gacha 13892 ta aholi va 365 ta ulgurji isteʼmolchi;
Navoiy viloyatining G`azg`on shahrida 04:00 dan 17:00 gacha 1154 ta aholi va 11 ta ulgurji isteʼmolchi;
Xorazm viloyatining Qo`shko`pir va Shovot tumanlarida 10:00 dan 17:00 gacha 893 ta aholi va 12 ta ulgurji isteʼmolchi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtako`pir va Xo`jayli tumanlarida 14:00 dan 18:00 gacha 8110 ta aholi isteʼmolchi.
Taʼkidlanishicha, taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.




