Buxoroda noqonuniy saqlangan sher bolasi hayvonot bogʻiga topshirildi UzNur.uz
Buxoroda noqonuniy saqlangan sher bolasi hayvonot bogʻiga topshirildi
Buxoro viloyati Romitan tumanining “Qoqishtuvon” mahallasida yashovchi fuqaro oʻz xonadonida yovvoyi sher bolasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlandi.
Qayd etilishicha, holat Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi, tuman ichki ishlar boʻlimi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan oʻrganilganda fuqaro tegishli ruxsatnomasiz yovvoyi hayvonni asrab kelayotgani tasdiqlandi.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 92-prim 1-moddasi 1-qismi asosida huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sud organlariga yuborildi.
Sher bolasi esa vaqtinchalik hayvonot bogʻiga joylashtirildi.
Sud qarori eʼlon qilinganidan soʻng qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Buxoro, Romitan, yovvoyi sher




