13:49 / 10.02.2025
46 132

Buxoroda gaz quvuridagi avariya tufayli katta yong‘in sodir bo‘ldi UzNur.uz

 

Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi. 

Buxoro viloyatining Romitan tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 10-fevral kuni soat 11:26 da eng yaqin Qizil-Rabot aholi punktidan 40 km uzoqlikda joylashgan Buxoro-Ural magistral gaz quvurining yer osti uchastkasida avariya sodir bo‘lgan.

Soat 11:30da gaz chiqishi to‘xtatildi, yong‘inni o‘chirish uchun 1 nafar qutqaruv guruhi jalb qilindi.

Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi.


Buxoro, Romitan, yong'in
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing