14:35 / 07.02.2025
50 835

Uchta xorijiy aviakompaniya Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyadi

 

“Oʻzaviatsiya” agentligi uchta xorijiy davlat aviakompaniyalariga Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirib berdi. Bu haqida agentlikning Telegram kanalida ma`lum qilindi.

Unga koʻra, endilikda Malayziyaning “Air Asia X Berhad”, Koreya Respublikasining “Tʼway Air” va Misr Arab Respublikasining “Red Sea Airlines” aviakompaniyalari muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasiga ega hisoblanadi.

Maʼlum qilinishicha, Malayziyaning “Red Sea Airlines” aviakompaniyasi Kuala-Lumpur-Toshkent- Kuala-Lumpur yoʻnalishida, Koreya Respublikasining “Tʼway Air” aviakompaniyasi Seul-Toshkent- Seul yoʻnalishida, Misr Arab Respublikasining “Red Sea Airlines” aviakompaniyasi Sharm-El-Sheyh-Toshkent-Sharm-El-Sheyh yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishi belgilangan.

“Mazkur ruxsatnomalar havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga asosan rasmiylashtirib berilgan”, — deyiladi xabarda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing