16:58 / 06.01.2025
104 760

“Qanot Sharq” 20-yanvardan 6-martgacha Moskva va Sankt-Peterburgga parvozlarni bekor qiladi

 

“Qanot Sharq” 20-yanvardan 6-martgacha Moskva va Sankt-Peterburgga parvozlarni bekor qiladi.

Qayd etilishicha, mazkur muddatda aviakompaniya ishlab chiqarish zarurati tufayli “Airbus A320” samolyotlarida parvozlarni amalga oshirmaydi.


“Qanot Sharq” aviakompaniyasi 20-yanvardan 6-martgacha bo‘lgan davrda bir qator reyslar bekor qilinganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, aviakompaniya “Airbus A320” samolyotlarida “ishlab chiqarish zarurati” tufayli quyidagi reyslar bekor qiladi:

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari chipta narxini qaytarib olishlari yoki reysni boshqa sanaga qayta bron qilishlari mumkin.

Bungacha “Qanot Sharq” 31-dekabr va 1-yanvar kunlari amalga oshirishi rejalashtirilgan bir qator reyslarni bekor qilgan edi. Ro‘yxatga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangandan Moskva, Sankt-Peterburg, Istanbul va Tel-Avivga parvozlar kiritilgan.


bekor, “Qanot, Sharq”, reyslar, 20yanvardan, 6martgacha, Moskva, parvozlarni, qiladi, etilishicha, aviakompaniya, chiqarish, tufayli, “Airbus, A320”, samolyotlarida, amalga, qator, SanktPeterburgga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing