16:11 / 21.11.2024
181 444
Mutaxassislar O’zbekiston futbol terma jamoasining imkoniyatlarini prognoz qildi
Mutaxassislar O’zbekiston futbol terma jamoasining imkoniyatlarini prognoz qildi.
We Global Football portali maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning 2026 yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 86,7 foizni tashkil etadi.
Mutaxassislar O‘zbekistonning “A” guruhida birinchi o‘rinni egallash imkoniyatini 8 foiz, ikkinchi o‘rinni esa 78 foizga baholamoqda.
Osiyo zonasidan chiqish uchun nomzodlar orasida hali ham Yaponiya (100 foiz), Eron (99,6 foiz) va Janubiy Koreya (99,2 foiz) yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoa yaqinda Shimoliy Koreya terma jamoasini mag‘lub etgandi. Uchrashuv 1:0 hisobida O‘zbekiston foydasiga hal bo‘ldi.
futbol, 2024, 2024 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar