13:28 / 16.01.2025
88 202

Turkiyaning “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi O‘zbekistondagi pulli avtomobil yo‘llari qurilishida ishtirok etmoqchi

 

Turkiyaning “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi O‘zbekistondagi pulli avtomobil yo‘llari qurilishida ishtirok etmoqchi.

Turkiya kompaniyasi Samarqand-Buxoro pullik avtomobil yo‘li qurilishida ishtirok etmoqchi
Bu bo‘yicha “IC İçtaş İnşaat” hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

15-yanvar kuni “IC İçtaş İnşaat” boshqaruv kengashi a’zosi Rexa Denemech hamda bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar o‘rtasida DXSh dasturlari asosida transport infratuzilmasini takomillashtirish, xususan, avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Turk kompaniyasining avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va aeroportlar qurish yo‘nalishidagi loyihalari muhokama qilindi.

Xususan, kompaniya Samarqand-Buxoro tezyurar pullik avtomobil yo‘li qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda. Bu bo‘yicha “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, tomonlar DXShni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, uning mexanizmlari hamda xorijiy tajribadan foydalanish borasida fikr almashdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan maqsadlarga erishishda tizimli faoliyat olib borishga kelishildi.

Prezidentning 2024-yilning avgust oyidagi qarori bilan Samarqand va Buxoro o‘rtasida pullik avtomobil yo‘li qurilishi belgilangan. Loyiha qiymati $1 mlrdga baholangan bo‘lib, yo‘l Samarqand, Navoiy hamda Buxoro viloyatlaridan o‘tadi. Jarayonlarni 2027−2030-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.

“IC Holding” tarkibiga kiruvchi “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi 1969-yilda tashkil etilgan. Kompaniya Turkiya va boshqa xorijiy davlatlarda DXSh asosida avtomobil yo‘llari, tunnellar hamda ko‘priklar qurilishida ishtirok etgan.

Xususan, kompaniya Istanbulda umumiy uzunligi 150 km avtomobil yo‘li, dengiz ustida 1,5 km uzunlikdagi “Yavuz Sulton Salim” bosfor ko‘prigini qurgan. Hozirda Vetnamdagi yangi aeroport qurilishini amalga oshirmoqda.


avtomobil, hamda, İçtaş, İnşaat”, yo‘llari, o‘rtasida, kompaniyasi, qurilishida, ishtirok, yo‘li, pullik, etmoqchi, Turkiya, SamarqandBuxoro, bo‘yicha, Avtomobil, qo‘mitasi, anglashuv, memorandumi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing