O‘zbekistonda 688 ta aksiyadorlik jamiyati ro‘yxatga olingan
O‘zbekistonda 688 ta aksiyadorlik jamiyati ro‘yxatga olingan.
2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 688 ta aksiyadorlik jamiyati ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 261 tasi yoki 37,9 foizi davlat ulushiga ega. O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ma’lumotlari shundan dalolat beradi.
Davlat ulushining umumiy hajmi 171,6 trillion so‘mni tashkil etib, barcha ustav fondlarining 79,9 foizini tashkil etadi.
Davlat mulkining asosiy qismi Iqtisodiyot va moliya vazirligida jamlangan bo‘lib, ushbu ulushning 65,9 foiziga egalik qiladi.
Keyingi o‘rinlar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga – 25,5 foiz, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga – 8,1 foizga tegishli.
Xorijiy investorlar 333 ta aksiyadorlik jamiyatida ishtirok etib, ularning ulushi 48,4 foizni tashkil etadi.
Xorijiy investorlarning umumiy ulushi 9,9 trillion so‘mni tashkil etib, barcha ustav fondlarining 4,6 foiziga teng.
Investitsiyalar hajmi bo‘yicha Vengriya (3,1 trillion so‘m), Buyuk Britaniya (1,9 trillion so‘m), Qozog‘iston (1,4 trillion so‘m), Turkiya (583 milliard so‘m) va Rossiya (559 milliard so‘m) yetakchilik qilmoqda.
trillion, so‘m), tashkil, aksiyadorlik, Davlat, O‘zbekistonda, jamiyati, ro‘yxatga, olingan, bo‘lib, umumiy, hajmi, so‘mni, barcha, ustav, fondlarining, etadi, foiziga, Xorijiy




