16:07 / 07.01.2025
103 124

O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishi kutilmoqda

 

O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishi kutilmoqda.

Oliy Majlis qonunchilik palatasining 2025-yil 7-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekistonda elektron sigaretalarni butunlay taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.


Foto: Depositphotos
Mutaxassislarning fikricha, elektron sigaretalarda nikotin moddasidan tashqari kanserogen, zaharli bo‘lgan 80 xil kimyoviy birikmalar va og‘ir metallar mavjudligi, ularning inson sog‘lig‘iga, atrof-muhitga jiddiy ziyoni aniqlanmoqda. Xususan, organizmda nikotinga qaramlik oshishi bilan birga bolalar va o‘smirlarda miya shakllanishiga, intellekt, bilim va qobiliyatning pasayishiga olib kelishi mumkin.

Qonun loyihasi bilan O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasi (ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish) taqiqlanmoqda.


elektron, O‘zbekistonda, sigaretalar, butunlay, loyihasi, bilan, taqiqlanishi, kutilmoqda, Majlis, qonunchilik, palatasining, 2025yil, 7yanvar, bo‘lib, o‘tgan, majlisida, sigaretalarni, taqiqlash, ko‘zda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing