Qarshi Shahar hokimi javobgarlikka tortildi
Qarshi Shahar hokimi javobgarlikka tortildi.
Qarshi shahar hokimi Normoʻmin Xolboyev tadbirkorga tegishli doʻkon faoliyatini asossiz toʻxtatgani uchun javobgarlikka tortildi.
Hokim “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun talablarini buzib, tadbirkorga tegishli savdo doʻkoni faoliyatini toʻxtatish haqida noqonuniy topshiriq bergani uchun Biznes ombudsman devonining viloyat shoʻbasi bosh inspektori qarori bilan BHMning 40 baravari miqdorida yaʼni 15 million soʻm jarimaga tortilgandi.
Biroq JIB Qarshi shahar sudining 2024 yil 4 noyabrdagi qaroriga asosan biznes ombudsmanning ushbu qarori oʻzgartirilib, jarima miqdori BHMning 5 baravari — 1 million 875 ming soʻmga oʻzgartirilgan.
Avvalroq ushbu qonunbuzar hokim boshchiligidagi “uchlik” tadbirkor ayolga tegishli binoni sud qarorisiz buzdirib tashlagani uchun biznes ombudsman viloyat prokuraturasiga murojaat qilib, mansabdorlar noqonuniy xatti-harakati uchun javobgar qilishni soʻragan edi.
uchun, Qarshi, tegishli, hokimi, javobgarlikka, tortildi, shahar, tadbirkorga, faoliyatini, noqonuniy, ombudsman, viloyat, qarori, BHMning, baravari, million, biznes, ushbu, Shahar




