10:34 / 03.01.2025
110 514

Elektr energiya va tabiiy gaz iste’moli shartnomaviy miqdordan oshganda hisoblanadigan summa kamaytirildi

 

Elektr energiya va tabiiy gaz iste’moli shartnomaviy miqdordan oshganda hisoblanadigan summa kamaytirildi.
  

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra:
Endi Hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.
elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, mazkur miqdordan ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari (20%) miqdorida to‘lov undiriladi.
Eski tartibda "Hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 10 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning ikki baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undirish" ko‘zda tutilgan edi.
Masalan, elektr energiyasi bo‘yicha bir oylik bazaviy me’yor 200 kVt soatni tashkil qilsa, har bir kVt soat uchun 450 so‘mdan to‘lanadi. 200 kVt soatdan o‘tgan har bir kVt soat uchun to‘lov endi 900 so‘m emas 450*1.2 barobari miqdorda, ya’ni 540 so‘m shaklda hisoblanadi.


elektr, energiyasi, miqdordan, uchun, tabiiy, iste’moli, shartnomaviy, to‘lov, undan, ortishiga, qo‘yilgan, taqdirda, iste’mol, qilingan, belgilangan, tarifning, baravari, miqdorida, davrida
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing