18:31 / 27.12.2024
122 038

Oʻzbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.


Bugun davlatimiz rahbari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida nutq soʻzladi.


 

Kecha, 25 dekabr kuni Oʻzbekiston yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.


Davlatimiz rahbari amaliy tashrifini yakunlab, "Pulkovo" xalqaro aeroportidan Toshkentga joʻnab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.



O'zbekiston, SanktPeterburg, Shavkat Mirziyoyev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing