Armaniston bosh vaziri MDH davlatlarining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etmasligini ma’lum qildi
Armaniston bosh vaziri MDH davlatlarining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan koronavirusga test natijasi ijobiy bo‘lgani sababli Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlarining norasmiy sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda siyosatchining o‘zi ma’lum qildi.
Armaniston hukumati rahbarining Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtiroki bo‘yicha hali qaror qabul qilinmagan.
“23-dekabr dushanba kuni menda COVID uchun test natijasi ijobiy chiqdi. 23 va 24-dekabr kunlari o‘zimni izolyatsiya qilib, yashash joyimda ishladim. 25-dekabr kuni test natijam salbiy bo‘ldi va men odatdagi ish faoliyatimga qaytdim. Biroq, hamkasblarim bilan maslahatlashganimdan so‘ng, MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etmaslikka qaror qildim”, degan Pashinyan o‘zining Facebook sahifasida.
Armaniston, ishtirok, vaziri, davlatlarining, ma’lum, qildi, Pashinyan, natijasi, ijobiy, norasmiy, sammitida, qaror, navbatdagi, yig’ilishida, etmasligini, Nikol, koronavirusga, bo‘lgani, sababli