Termizda 750 ming quti kontrabanda sigaret yo‘q qilindi
Termizda 750 ming quti kontrabanda sigaret yo‘q qilindi.
Surxondaryo viloyatida bojxona qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan aksiyada rekord darajadagi 750 ming quti kontrabanda sigaret yo‘q qilindi. Bu sigaretlarning umumiy qiymati 10,2 milliard so‘mni tashkil etadi.
Aksiya Termiz tumanida boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Chegara orqali O‘zbekiston hududiga olib o‘tishga harakat qilingan sigaretlarning yaroqlilik muddati o‘tgan edi va ular bojxona xodimlari tomonidan olib qo‘yildi.
Sherobod tumani sudi tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan fuqaro 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sud, shuningdek, kontrabanda sigaretlarini yo‘q qilishni ashyoviy dalil sifatida tan oldi.
Maxsus tadbir davomida sigaretlar maydalagichda parchalandi. 2023-2024 yillarda Surxondaryo bojxona boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda 55,5 milliard so‘mlik 3,2 million quti sigaretni noqonuniy olib o‘tish bo‘yicha 117 ta holat aniqlangan.
tomonidan, kontrabanda, bojxona, sigaret, qilindi, Surxondaryo, sigaretlarning, milliard, boshqa, bilan, hamkorlikda, Termizda, viloyatida, qo‘mitasi, o‘tkazilgan, aksiyada, rekord, darajadagi, umumiy




