18:40 / 20.12.2024
133 160

2025-yilda mamlakatimizda kambagʻallik darajasi 9 foizdan pasayishi ma’lum qilindi

 

2025-yilda mamlakatimizda  kambagʻallik darajasi 9 foizdan pasayishi ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev boshchiligida tadbirkorlar uchun o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida 2025-yilga kelib mamlakatimizda kambag’allik 9 foizga kamayishi e’lon qilindi.

Umuman, murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan koʻpaygani taʼkidlandi.

Sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohasiga 38 milliard dollar investitsiya kirdi, eksport 26 milliard dollardan oshdi.
Ochiq muloqotda koʻp tadbirkorlar oʻziga ijtimoiy masʼuliyat olib, ehtiyojmand odamlarni ishli qilishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
Oʻtgan qisqa vaqt ichida tadbirkorlar 387 ming kambagʻal oila aʼzolari va 40 ming nogironligi bor odamlarni daromadli qildi.
Mamlakatimizda kambagʻallik darajasi yil yakuni bilan 9 foizdan pasayadi.
«Aminmanki, oʻzaro ishonchga asoslangan hamkorligimizni shu surʼatda davom ettirsak, kelgusi yillarda bu koʻrsatkichni bemalol 6 foizga tushiramiz.
Shu oʻrinda, vaʼdasini ustidan chiqib, yangi quvvatlar hisobiga minglab ish oʻrni yaratayotgan, zamonaviy texnologiya olib kirib, yangi tashqi bozorlarni zabt etayotgan, iqtisodiyotimizning barqaror oʻsishiga munosib hissa qoʻshayotgan barcha tadbirkorlarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman», — dedi Prezident.


tadbirkorlar, foizga, milliard, mamlakatimizda, kambagʻallik, darajasi, foizdan, qilindi, dollardan, odamlarni, yangi, 2025yilda, pasayishi, ma’lum, Shavkat, Mirziyoyev, boshchiligida, uchun, o’tkazilgan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing