17:09 / 19.12.2024
134 902

“Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2017-yildan buyon mazkur lavozimda ishlab kelgan Ergash Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Ulug‘bek Mustafoyev 2010−2016-yillarda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, 2017−2019-yillarda “O‘zbekenergo” raisi bo‘lgan.

2019-yildan hozirgi kungacha Mustafoyev “Hududiy elektr tarmoqlari” raisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.


Hududiy, elektr, tarmoqlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing