20:09 / 16.12.2024
139 946
Prezident: mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi
Prezident raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda ayrim rahbarlar “bu vaqtincha, bir-ikki yilda o‘tib ketadi” degan kayfiyatda yurganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bu borada sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar ishdan olindi. Ular o‘rniga zamonaviy fikrlaydigan, yangi tajriba yaratib, odamlarimizni rozi qilaman degan tashabbuskor yoshlar ishga olindi.
– Qat’iy ogohlantiraman – mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi. Hamma o‘zgarishi kerak. Ko‘rib turibsizlar, har daqiqa dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat qiyinlashib, yangi-yangi tahdidlar paydo bo‘layapti. Ularga bugun javob topmasak, keyin kech bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Sustkashlik va masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar ishdan olindi

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda

«Yo‘ldosh» mavzesi hududida dendropark tashkil etish rejalashtirilmoqda — Toshkent shahar hokimligi

Aholini talab yuqori kasblarga o'qitish va daromadli ish bilan ta'minlash vazifalari muhokama qilindi

Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari bo‘ldi