11:22 / 14.12.2024
144 289

“O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qo‘mitasining navbatdagi majlisi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

 

“O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qo‘mitasining navbatdagi majlisi O‘zbekistonda o‘tkaziladi.


Bryussel shahrida “O‘zbekiston -Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qo‘mitasining 17-majlisi bo‘lib o‘tdi. Uning ishida Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Majlis davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.  
Hamkorlikni mustahkamlashda sezilarli yutuqlar qayd etilib, o‘zaro aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.
Parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, barqaror rivojlanish, savdo, energetika va ekologiya sohalarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
“O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qo‘mitasining navbatdagi majlisini 2025 yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.


O‘zbekiston, Yevropa, Ittifoqi, parlament, hamkorligi, qo‘mitasining, navbatdagi, majlisi, O‘zbekistonda, o‘tkaziladi, UZNUR
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing