17:05 / 13.12.2024
145 273

2030-yilga qadar 19 ming megavatt “yashil quvvat” barpo etilishi rejalashtirilmoqda

 

2030-yilga qadar 19 ming megavatt “yashil quvvat” barpo etilishi rejalashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari energetika sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha rejalarga qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

2030 yilga qadar yana 19 ming megavatt “yashil quvvat”larni barpo etib, qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Xususan, 2025 yilda 3,4 ming megavattli 18 ta quyosh va shamol stansiyalari hamda 1,8 ming megavattli saqlash tizimlari ishga tushiriladi. 

Buning natijasida kelgusi yili “yashil energiya” ishlab chiqarish hajmlari 12 milliard kilovatt soatga yetadi. 

Bu 5 million xonadonning bir yillik isteʼmoliga teng va 6,5 million tonna zararli gazlarni atmosferaga chiqarishning oldi olinadi, deganidir.

Kelgusi 2 yilda xususiy tadbirkorlar bilan birga 2 mingdan ortiq kichik va mikro-GESlar tashkil qilish boʻyicha katta dastur amalga oshiriladi.


2030, 2030 yil, yashil, quvvat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing