10:51 / 13.12.2024
145 420

“Jibek Joly” sayyohlik poyezdi O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydi

 

“Jibek Joly” sayyohlik poyezdi O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydi.


Qozog‘istonda 2025 yil 2-7-yanvar kunlari “Olmaota – Turkiston – Toshkent – Samarqand – Olmaota” yo‘nalishini bog‘laydigan “Jibek joly” (Ipak yo‘li) nomli turistik poyezd yo‘lga qo‘yilmoqda.
Qozog‘iston Turizm sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, besh kunlik safar sayyohlarga qadimiy shaharlar atmosferasi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. 

Yo‘lovchilarning maksimal qulayligi uchun zamonaviy vagonlar, mazali taomlar, professional gid xizmatlari va turli xil ekskursiya dasturi taqdim etiladi. 

Yo‘nalish Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi, Ariston bobo maqbarasi, Azret Sulton tarixiy-madaniy qo‘riqxona-muzeyi, Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasi va Samarqand shahridagi Registon maydonini ziyorat qilishdan iborat. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil noyabr oyida “Yo‘lovchi tashish” AJ pilot loyiha doirasida “Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha “Jibek joly” turistik poyezdini jo‘natgan edi.


Jibek, Joly, sayyohlik, poyezdi, O‘zbekiston, Qozog‘istonni, bog‘laydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing